Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati AQSh Zelenskiyga qanday kelajak tayyorlayotganini oshkor qildi

Rossiya tashqi razvedka xizmati AQShning Zelenskiy o‘rniga nomzod qidirish haqidagi ma’lumotlarini ochiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Rossiya Tashqi razvedka xizmati AQShning Vladimir Zelenskiy o‘rniga nomzod qidirish haqidagi ma’lumotlarini oshkor qildi. Bu haqda RIA Novosti "Razvedchik" jurnalida chop etilgan ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.
“Ukraina prezidenti devoni rahbari A. Yermak, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni V. Zalujniy va Oliy Radaning sobiq spikeri D. Razumkov bilan so‘zsiz ish olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko va Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan ham aloqalar o‘rnatilgan. Agar frontdagi vaziyat keskin yomonlashsa, bu shaxslar Zelenskiyning o‘rnini bosishi mumkin, deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, AQSh va YeI rejimning amaldagi rahbari o‘z lavozimida qolishini istaydi, chunki u bilan ziddiyatlarni moliyalashtirish sxemalari bog‘langan, bu esa Kiyev va G‘arbdagi qurol ishlab chiqaruvchilarga daromad keltiradi, deb yozadi nashr.
Ukrainadagi jamoatchilik kayfiyatiga kelsak, G‘arb uning dinamikasidan nihoyatda xavotirda, deydi nashr. Xususan, ukrainaliklar o‘rtasida mojaroning cho‘zilishidan norozilik, befarqlik va davlat institutlariga ishonchsizlik kuchaymoqda.