TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia markazida “Markaziy Osiyo davlatlarining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasidagi iqtisodiy integratsiyasi strategiyalari va istiqbollari” mavzusida Toshkent – Bishkek videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentdan E.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin, "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev, Bishkekdan esa T.Usubaliyev Fondining Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Esen Usubaliyev ishtirok etdi.
Mutaxassislar Markaziy Osiyo davlatlarining YeOII doirasidagi iqtisodiy integratsiyasining asosiy maqsad va vazifalari, eng dolzarb sohalar, mintaqada aloqalarning rivoji va globallashuv inqirozining omillari haqida so‘z yuritishdi.