Rossiyadan O‘zbekistonga ichimliklarni markirovkalash uskunasi yetkazib beriladi

O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari "Innoproma-2024" doirasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiyadagi kompaniya O‘zbekistondagi yetakchi mineral suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga alyuminiy bankalarda ichimliklarni markirovkalash uchun uskunalar yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda kompaniyalar "Innoprom-2024" doirasida kelishib olishdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil dekabr oyida Rossiya kompaniyasi pivo va alkogolsiz ichimliklarni markirovkalash mashinasini yaratdi.
"Data Matrix" kodlari ichimliklarni shishaga quyishdan oldin mahalliy ishlab chiqarilgan lazer markirovkalash mashinasi yordamida qo‘llaniladi. Bu yuqori tezlikdagi ishlab chiqarish liniyasining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan bosib chiqarishni ta’minlaydi.

“Bugungi kunda bizning uskunalarimiz pivo, sharbatlar, suv va gazlangan ichimliklar ishlab chiqaradigan ko‘plab mahalliy zavodlarga o‘rnatildi. Bu yechimga qator xorijiy kompaniyalar tomonidan ham qiziqish ko‘rmoqdamiz. Biz uchun tashqi bozorlarga kengayish MDH davlatlaridan boshlanadi, keyin rivojlanishni Hamdo‘stlik davlatlaridan tashqarida taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi kompaniya direktori Pavel Bulgakov.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgustdan alyuminiy bankalarga solingan shirin ta’mli ichimliklarni majburiy markirovkalash boshlanadi.
“Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida biz lazerli bosib chiqarishdan foydalangan holda alyuminiy bankalarning qopqog‘ini markirovkalash uchun uskunalar yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldik”, — deya qo‘shimcha qildi Bulgakov.
O‘zbekiston Rossiyaning raqamli markirovkalash tajribasini o‘rganmoqda — tafsilotlar