Matbuot markazi

Onishenko Orol dengizi qurishi haqida nima dedi

Onishenko ayrim Rossiya darolarini Orol tomonga burish kabi g‘oyalar tarafdori emasligini bildirdi. Uning fikriga ko‘ra bunday tajribalarda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Bu mintaqaviy ekologik halokat, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Gennadiy Onishenko Orol dengizi qurishi haqida Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda.

"Albatta, bu mintaqaviy muammo va yaxshiki, butun dunyoga ta’sir qilmayapti, lekin bu mintaqaviy ekologik halokat. Yana shuni aytish kerakki, uning inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi bevosita va uzoq muddatli oqibatlari hali to‘liq o‘rganilmagan", - dedi rossiyalik taniqli shifokor.

Shu bilan birga, u Orol dengizini tiklash uchun ayrim Rossiya darolarini Orol tomonga burish kabi g‘oyalar tarafdori emasligini bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, bunday tajribalarda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak.
Batafsil videolavhamizda tanishing.