Laziz Kudratov “Innoprom-2024” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ko‘rgazmaning asosiy tadbiri “Ufq – 2035: ShHT – jahon iqtisodiyotining o‘qi” nomli panel munozarasi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom-2024” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Laziz Kudratov “Innoprom-2024” ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Ko‘rgazma dasturida sanoatni rivojlantirish va investitsiyalar, savdo aloqalari, energetika va boshqa dolzarb mavzularda 100 tadan ortiq davra suhbati va panel munozarasi o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning asosiy tadbiri “Ufq – 2035: ShHT – jahon iqtisodiyotining o‘qi” nomli panel munozarasi bo‘ldi.
"Laziz Kudratov o‘z nutqida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) hududida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish mexanizmlarini, shuningdek, loyiha faoliyati va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan moliyalashtirish mexanizmlari joriy etishni nazarda tutuvchi yangi iqtisodiy muloqot bo‘yicha hamkorlik dasturini yaratish taklifining konstruktivligini alohida ta’kidladi", — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma doirasida Rossiyaning qator vazirliklari, hududlari va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
"Rossiya Federatsiyasining yangi tayinlangan sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov bilan muzokaralar chog‘ida tomonlar amaldagi kelishuvlarni hayotga tatbiq qilish jarayonini atroflicha muhokama qilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqishdi", — deya qayd etilgan xabarda.
Laziz Kudratov “Innoprom-2024” ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Ma’lumot uchun, “Innoprom – 2024” ko‘rgazma maydoni 50 000 kv.m ni tashkil etdi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya, BAA, Belarus va boshqa mamlakatlar mahsulotlari namoyish etilmoqda.