TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Yasnobrodovka aholi punktini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Markaz qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Yasnobrodovka aholi punktini ozod qildi va taktik vaziyatni yaxshiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, Markaz qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Krasnoarmeysk, Mirolyubovka, Timofeyevka, Vodanoe Vtoroe va Toresk aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 31-, 32-, 110-mexanizatsiyalashgan, 59-motoo‘qchilar brigadasi va 132-razvedka bataloni tuzulmalarini mag‘lub etdi.
“Biz Ukraina Qurolli kuchlarining 41-, 47-mexanizatsiyalashgan, 68-yeger va 95-havo hujumi brigadalar hujum guruhining beshta qarshi hujumini qaytardik. Dushmanning yo‘qotishlari 420 nafardan ortiq harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina, to‘rtta avtomobil, ikkita 122 millimetrli D-30 gaubitsasi va 100 millimetrli “Rapira” tankka qarshi to‘pini tashkil qildi”, — deyiladi xabarda.