Energetika resurslari hozir O‘zbekiston uchun muhim masala. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia markazida bo‘lib o‘tgan Moskva – Ostona – Minsk – Bishkek – Toshkent videoko‘prigida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Ra’noxon Tursunova ma’lum qildi.
Tursunovaning qayd etishicha, energiya resurslari bilan bog‘liq masala turli uchrashuvlarda muhim masalaga aylanib bormoqda.
“O‘zbekiston ham, albatta, o‘zi uchun bu masalani hal etish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Biz bugun mamlakatimiz aholisi juda tez ko‘payotgani va yildan yilga energiya resurslari yetishmasligini his qilishimizni inobatga olishimiz kerak. Shu bois bugungi kunda O‘zbekiston quyosh batareyalaridan foydalanishni ham qo‘rib chiqmoqda”, — deya qayt etdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun respublikadagi investorlar nafaqat bino, balki turar joy qurishda ham quyosh panellarini ham o‘rnatish omilini inobatga olish tavsiyalarini olishmoqda.
Ekspertlar qayd etishicha, dunyodagi hech bir mamlakat muhandislik nuqtayi nazaridan Sovet Ittifoqining energetikani qayta taqsimlash halqaga ulash tizimini takrorlay olmagan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan. Bu Sovet Ittifoqining barcha respublikalariga taaluqli bo‘lgan. Va bu hozir ham tasdiqlangan.
“Agar biz Shanxay hamkorlik tashkiloti, YeOII, MDH yoki boshqa integratsiya ish formatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, biz, albatta, bunday tizimli ishlar va barcha ishtirokchi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tizimli munosabatlar haqida o‘ylashimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevropa integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Artom Turov.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.