O‘zbekiston Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda

G‘arbiy Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon harbiylari mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida “Birlestik-2024” mintaqaviy xalqaro mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Jangovar tayyorgarlik vazifalarini mashq qilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy kontingentlari ishtirok etmoqda. Harbiy manyovrlar “Oymasha” poligonida, shuningdek, Tokmak qirrasidan ikki kilometr uzoqlikdagi dengiz uchastkasida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda

“8 iyuldan 17-iyulgacha harbiy kontingentlar qurolli mojaroni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlaydi va o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga 4 mingga yaqin harbiy xizmatchi hamda 700 tagacha qurol va harbiy texnika jalb etiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda
Taktik epizodlar quruqlik va havo razvedka guruhlari, dengiz maxsus kuchlari, armiya va front aviatsiyasi ekipajlari, harbiy kemalar va katerlar, artilleriya, hujum va tank bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar doirasidan madaniy hordiq chiqarish va sport tadbirlari ham joy olgan.
Musobaqalar harbiy-amaliy sport turlari, “Bag‘dar” taktik oriyentirlash va armiya-taktik otish bo‘yicha o‘tkaziladi.