Matbuot markazi

Anons: Markaziy Osiyo davlatlarining YeOIIdagi iqtisodiy istiqbollari muhokama etiladi

Mutaxassislar Markaziy Osiyo davlatlarining YeOIIdagi aloqalari qanday rivojlanayotgani haqida so‘z yuritishadi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia markazida 11-iyul, soat 11:00 da “Markaziy Osiyo davlatlarining YeOII doirasidagi iqtisodiy integratsiyasi strategiyalari va istiqbollari” mavzusida Toshkent – ​​Bishkek videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdan E.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin, "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ishtirok etadi. Bishkekdan esa T.Usubaliyev Fondining Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Esen Usubaliyev qatnashadi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Markaziy Osiyo davlatlarining YeOII doirasidagi iqtisodiy integratsiyasining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Qaysi sohalar eng dolzarb?
Mintaqada aloqalar qanday rivojlanmoqda?
Globallashuv inqiroziga qanday omillar sabab bo‘ldi?
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi, ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va telegram: +998971907178, @alisherakimbaev.