Matbuot markazi

Ekspert Qozog‘istondagi ShHT sammiti yakunlari haqida — video

O‘zbekiston bugun jahonga ochilmoqda, va jahon O‘zbekistonni o‘zi uchun ochmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bugun jahonga ochilmoqda, va jahon O‘zbekistonni o‘zi uchun ochmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Moskva – Ostona – Minsk – Bishkek – Toshkent videoko‘prigida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Ra’noxon Tursunova ma’lum qildi.

“Bugun dunyo juda og‘ir ahvolda, geosiyosiy keskinlik hukm surmoqda. Mana shunday sharoitda esa kechagina bir a’zoga ko‘paygan tashkilotimizning mavqeyi va nufuzini saqlab qolish juda muhim. Eslatib o‘tishni xohlar edim, Belarusning ShHTga a’zo bo‘lish tartibi Samarqandda boshlangan. Ikki yil avval Samarqandda ShHT sammitini o‘tkazgan edik va o‘shanda bu mexanizm ishga tushdi”, — dedi Ra’noxon Tursunova.

Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.