Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiy xizmatchilari DXRning Chigari aholi punktini ozod qilishdi

Shuningdek, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari front chizig‘idagi taktik pozitsiyasini yaxshiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik.Rossiya harbiylari DXRning Chigari aholi putktini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Chigari aholi putnktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bundan tashqari, rus askarlari frontdagi taktik vaziyatni yaxshilagan.
Markaziy guruhning harbiy xizmatchilari DXR Artemovo, Drujba, Vozdvijenka, Timofeyevka, Toresk, Berezovka va Novgorodskoe aholi punktlari hududlarida beshta Ukraina brigadasi tuzilmalariga zarba berishdi. Bundan tashqari, kun davomida ular Ukraina Qurolli kuchlarining uchta brigadasi va 425-alohida "Skala" hujum batalonining oltita qarshi hujumini qaytarishdi.
"Markaz" bilan bo‘lgan janglarda dushman 340 nafargacha harbiy xizmatchini, tank, AQShda ishlab chiqarilgan "Bradley" piyoda jangovar mashinasi, ikkita avtomobil, AQShda ishlab chiqarilgan 155 mm M777 gaubitsa, 152 mm "Msta-B" uchta gaubitsa, AQShda ishlab chiqarilgan 122 mm D-30 gaubitsa va 105 mm M119 qurolni yo‘qotdi.