TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining "Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish" mavzusidagi sammitida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida prezident TDT davlatlari orasida o‘zaro hamkorlik ildam rivojlanib borayotganini qayd etib, hamkorlikning yana qaysi yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbolli bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zaro savdo va transport yo‘laklari
Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro savdo o‘tgan yilda 27 foizga oshdi. Bunday yuqori o‘sish sur’atlari 2024-yilda ham kuzatilmoqda.
– Mamlakatlarimiz bugungi kunda dunyoning asosiy bozorlariga chiqish hamda Buyuk ipak yo‘lini yangi tarixiy sharoitda qayta tiklash uchun qattiq bel bog‘lagan, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zaro hamkorlik rivojlangan sari Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi ham o‘sib bormoqda. Ushbu yo‘lakning raqobatdoshligi va jozibadorligini oshirish uchun biznes uchun eng ma’qul tariflarni joriy etish zarur. Bundan tashqari, “Yagona oyna” tizimini yo‘lga qo‘yish va bojxona-chegara punktlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash muhim, dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek Toshkentda tashkil etilgan TDT logistika markazi va yuk tashuvchilari alyansini transport sohasida ustuvor vazifalarni bajarishga jalb etish hamda Toshkentda TDT Temir yo‘l ma’muriyatlari kengashini tuzishni taklif qildi.
TDTning kuzdagi sammitiga qadar transport vazirlariga avtotashuvlarni to‘liq raqamlashtirish, “yashil” yo‘laklar yaratish bo‘yicha topshiriq berish taklif etildi..
TDTning kuzdagi sammitiga qadar transport vazirlariga avtotashuvlarni to‘liq raqamlashtirish, “yashil” yo‘laklar yaratish bo‘yicha topshiriq berish taklif etildi..
Iqlim o‘zgarishi
Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish maqsadida Turkiy ekologiya kengashini tuzish va uning bosh qarorgohini ekologik ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud – Orolbo‘yidagi yirik shahar Nukusda joylashtirishni taklif qildi.

Yashil energiya
O‘zbekiston prezidenti respublikada muqobil energiya manbalari faol rivojlanayotganini va qo‘shni Qirg‘iziston bilan hamkorlikda gidroelektr stansiyalar qurilayotganini aytib o‘tdi.
Prezident ushbe sohada hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Yashil energetika sari turkiy harakat” konsepsiyasini qabul qilish taklif etildi.
Inson kapitalini rivojlantirish
Shavkat Mirziyoyev turkiy dunyo umuminsoniy sivilizatsiya rivojiga ulkan hissa qo‘shganini qayd etib, zamonaviy “bilimlar iqtisodiyoti”ni qurishni taklif qildi. Buning uchun eng zamonaviy texnologik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, TDT Inson kapitalini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish, Yoshlar turkiy olimpiadasi tashkil qilish hamda Butunjahon turkshunoslar kongressini kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

G‘azo sektori va Afg‘oniston
Prezident G‘azo sektorida 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar qurbon bo‘layotganinga e’tibor qaratdi va tomonlarni zo‘ravonlikni to‘xtatish, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqirdi.
Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy sharti ekani qayd etildi.
Shuningdek, Mirziyoyev Afg‘onistondagi borasida TDT a’zolarining umumiy va yakdil yondashuvlarini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
– O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi. Afg‘onistonning xorijdagi “muzlatilgan” moliyaviy aktivlarini qaytarish mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatni yumshatishga xizmat qilishiga ishonamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qorabog‘ deklaratsiyasi
Sammit yakunida Qorabog‘ deklaratsiyasi hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlar qabul qilindi.
Bugun Shushada bo‘lib o‘tgan TDT norasmiy sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimlar ishtirok etdi.