Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mirziyoyev va Orban o‘zaro hamkorlik loyihalarini tezlashtirish hamda TDT va YeI doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish mavzularida suhbat qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki davlat amaliy hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, logistika, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, investitsiya loyihalarining yangi portfelini tayyorlash va joriy yil yakuniga qadar Qo‘qon shahrida Hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ham aytib o‘tildi.
Undan tashqari, Turkiy davlatlar tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.