TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Mudofaa vazirligi Ukrainaning Poltava viloyatida S-300 zenit-raketa majmuasining yo‘q qilinish videosini e’lon qildi.
Zarba natijasida ikkita S-300 raketa uchirish mashinasi, jangovar boshqaruv kabinasi, transport vositalari va Ukraina Qurolli kuchlarining zenit-raketa ekipajlari shaxsiy tarkibi yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Ushbu zarba "Iskander-M" operativ-taktik raketasi yordamida berilgan. S-300 pozitsiyasi Poltava viloyati Koptevo aholi punkti hududida joylashgan. Bu Front chizig‘idan 300 km masofada joylashgan. "Iskander-M"ning maksimal zarba berish masofasi 500kmni tashkil qiladi.