TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Eronda 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida islohotchi Mas’ud Pezeshkiyon yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Tasnim axborot agentligi.
Ayni damda bulletenlarning 70 foizi sanab chiqilgan (20,6 mln) va ularning natijalariga ko‘ra, Mas’ud Pezeshkiyon 11,120 mln Said Jalili esa 9,097 mln. ovoz to‘plashga muvafffaq bo‘lishgan.
Eronda navbatdan tashqria prezident saylovlarining birinchi bosqichi 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi turda Eron parlamentining sobiq deputati Pezeshkiyon 42,45 foiz ovoz olgan Jalili esa 38,61 foiz ovoz olgan edi. Eron qonunlariga ko‘ra, agar nomzodlarning hech biri 50% ovoz to‘play olmsa — saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.
Nomzodlar Eronning ikkita asosiy siyosiy harakati vakili. Jaliliy konservatorlar manfaatlarini himoya qiladi, Pezeshkiyon esa eronlik islohotchilar vakili.