Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi

Respublika bo‘yicha havo harorati 32-37 daraja bo‘ladi, tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
O‘zbekiston bo‘yicha Havo harorati Harorat 32-37° daraja bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda Harorat 34-36° bo‘ladi, shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Tog‘li hududlarda harorat 23-28° bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.