Toshkent viloyatida yirik to‘qimachilik parki tashkil etilmoqda

Umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil qilgan loyiha doirasida 2 mingta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida yirik to‘qimachilik-industrial texno parki barpo etilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.
V Tashkentskoy oblasti nachalos stroitelstvo krupnogo tekstilnogo texnoparka
Yuqori Chirchik tumani “Nurli zamin” MFY hududida qurilishi boshlangan “Textile Industry Park” to‘qimachilik-industrial texno parki 69,2 gektar maydonida tashkil etilgan. Loyihasi 23 ta lotlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil etadi.
Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 2 000 tadan ziyod. Loyihani to‘liq amalga oshirish va yakunlash ishlari 2025-yil to‘rtinchi choragiga mo‘ljallangan.
V Tashkentskoy oblasti nachalos stroitelstvo krupnogo tekstilnogo texnoparka