TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. "Tashabbusli budjet"ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi, deb ma’lum qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Azimjon Hasanov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Ikkinchi mavsum 6-iyuldan 1-sentabrga qadar, ya’ni 57 kun davomida 4 ta bosqich doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
1.
Loyihalarni shakllantirish bosqichi 6-26 iyul kunlarida bo‘lib o‘tadi. Bunda fuqarolar “Ochiq budjet” portali orqali o‘z tashabbuslarini ilgari suradilar;2.
Saralash bosqichi 26-iyuldan -15 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Bunda hududiy ishchi komissiyalar kelib tushgan loyihalarni belgilangan me’zonlar asosida saralab oladilar;3.
Targ‘ibot bosqichi 15 - 22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan loyihalar bo‘yicha 7 kun davomida targ‘ibot kampaniyalari o‘tkaziladi;4.
Ovoz berish bosqichi: 22-avgustdan - 1-sentabrga qadar – 10 kun davomida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ushbu mavsumda keng jamoatchilikni takliflarini inobatga olgan holda ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida joriy mavsumda ovoz berish bosqichi 10 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuni ham alohida eslatib o‘tamizki, joriy yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish bosqichida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan edi. Unga ko‘ra, bir fuqaro o‘z nomida bir nechta sim-karta bo‘lishiga qaramay, faqat bitta raqamdan bir marotaba ovoz berish imkoniyatiga ega.