Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib keldi

Ozarbayjonning Shusha shahrida 6-iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib keldi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Azerbaydjan
6 iyul kuni Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan sammit doirasida turkiy davlatlar orasida savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi va bir qator hujjatlar imzolanadi.