TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “keyingi “tinchlik sammiti”ga taklif qilishlari mumkin. Bu haqda u "Bloomberg" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Agar muzokaralar stoliga o‘tirishning yo‘li topilsa, Zelenskiy yaqin kelajakda Vladimir Putinning ishtirok etishini kutmaydi <...>, garchi u uni bo‘lajak sammitga taklif etilishini istisno etmaydi”, — deyiladi nashr.
Shveysariyada 15-16 iyun kunlari Ukraina bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi. 90 tadan ortiq mamlakatlar, shuningdek, sakkizta tashkilot, jumladan, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi va BMT ishtirokini tasdiqladi. AQSh prezidenti, Xitoy rahbari va Braziliya prezidenti anjumanda qatnashmadi.
Kreml Ukraina mojarosidagi vaziyatni Rossiya ishtirokisiz hal qilish variantlarini izlash mutlaqo mantiqsiz va befoyda ekanini aytdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyida Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlari haqida gapirgandi: Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqilishi kerak, shu bilan birga, Kiyev NATOga qo‘shilish niyatidan voz kechishi kerak.