TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlat rahbarlari Ostonadagi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasini imzolashdi.
Yig‘ilishda Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish va unga ShHTga a’zo davlat maqomini berish tartibini yakunlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti yakunlari bo‘yicha 20 tadan ortiq hujjat imzolandi.
ShHT davlatlari kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi. Deklaratsiyaga ko‘ra, ShHT davlatlari mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik va tortishuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori.
Shuningdek, ShHT davlatlari energetika xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va barchaning manfaatlarini hisobga olgan holda muvozanatli energiya almashinuvi muhim deb hisoblanadi.
Qolaversa, ShHT mamlakatlari xalqaro munosabatlarning yangi turini – o‘zaro hurmat, adolat, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik ruhida barpo etishda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Imzolangan hujjatlar:
1.
ShHT Davlat rahbarlari kengashining Ostona deklaratsiyasi;2.
Shanxay hamkorlik tashkilotining dunyo birligi, adolatli tinchlik, totuvlik va taraqqiyot uchun tashabbusini ma’qullash to‘g‘risidagi qaror;3.
ShHTni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi to‘g‘risidagi qaror;4.
ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflari to‘g‘risidagi qarori;5.
ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;6.
ShHTning 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi kurash strategiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;7.
ShHTga a’zo davlatlarning energetika sohasidagi hamkorligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;8.
ShHT investorlari assotsiatsiyasi to‘g‘risidagi qaror;9.
ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ekoturizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;10.
Xitoyning Sindao shahrini 2024-2025 yillarda ShHTning turistik va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;11.
ShHTga a’zo davlatlar va ShHT muloqot bo‘yicha hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;12.
ShHT loyiha faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari to‘g‘risidagi qaror;13.
ShHT kotibiyatlari va Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risida qaror;14.
ShHTga a’zo davlatlarning xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorligi rejasi to‘g‘risidagi qaror;15.
ShHT Bosh kotibi to‘g‘risidagi qaror;16.
ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori to‘g‘risidagi qaror;17.
ShHT Bosh kotibining ShHTning o‘tgan yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti bo‘yicha qaror;18.
ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2023-yilda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining amal qilish muddati to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risidagi qarori;19.
ShHT Davlat rahbarlari kengashining yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari to‘g‘risidagi bayonoti;20.
ShHT Davlat rahbarlari kengashining ichimlik suvi va kanalizatsiya xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi bayonoti;21.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining chiqindilarni samarali boshqarish to‘g‘risidagi bayonoti;22.
ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;23.
ShHTning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etmoqda. Tadbir “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tkazilmoqda.