TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Kecha O‘zbekistondan 95 tonna insonparvarlik yordami seldan zarar ko‘rgan Qirg‘izistonning Nookat tumaniga yetkazildi. Bu haqda respublikaning Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Insonparvarlik yordami un, sariyog‘, shakar va boshqa mahsulotlardan iborat.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yubordi
© press-slujba MChS
“Gumanitar yordam O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Sanjar Zuparov tomonidan yetkazildi, uni qirg‘izistonlik hamkasbi Akilbek Mazaripov va prezidentning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili o‘rinbosari Iliyaz Tashbayev kutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyun kuni Nookat viloyatiga sel kelgan edi. 10 kishi halok bo‘ldi, ular orasida Qozog‘iston fuqarolari ham bor.