ShHT sammitida Putinning Yevroosiyo xavfsizligi bo‘yicha g‘oyasi muhokama qilinadi

Peskov: ShHT sammitida yangi Yevroosiyo xavfsizlik tizimini yaratish masalasi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda e’lon qilingan yangi Yevrosiyo xavfsizlik tizimini yaratish g‘oyasi, ShHT sammitida albatta tilga olinadi, bu borada hamkorlar bilan muloqot olib borilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qildi.

"Bu albatta aytib o‘tiladi", — dedi Peskov ShHT sammitida yangi Yevroosiyo xavfsizlik tizimi g‘oyasi muhokama qilinadimi, degan savolga javob berayotib.

Shuningdek, u bu mavzuda hamkorlar bilan muloqot olib borilayotganini aytdi. "Bosqichma-bosqich", — dedi Peskov qanday rivojlanayotgani haqidagi savolga javoban.
Avvalroq Vladimir Putin Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda so‘zga chiqib, Yevroosiyoda kollektiv xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish va mintaqadan tashqari harbiy kuchlar mavjudligini cheklash vaqti kelganini aytgan edi. Rossiya BMTda bo‘linmas xavfsizlik tizimini yaratish bo‘yicha muloqotni jiddiy rivojlantirishdan manfaatdor, deya qo‘shimcha qildi prezident.
Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etadi.