O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qator kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston ikki tomonlama hamkorlikni faollashtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumida kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasida qator savdo shartnomalari hamda logistika markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumida tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 1000 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama munosabatlar rivojining hozirgi bosqichida tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada faollashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi qo‘shma tadbirlar va tashriflar sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari dolzarb. Shu o‘rinda, yangi shartnoma va bitimlar tuzish, o‘zaro biznes-forum, ko‘rgazma va B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy Afg‘oniston delegatsiyasining tashrifi dasturiga kiritilgan tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi va O‘zbekistonning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, u afg‘on va o‘zbek tadbirkorlarni yanada faol hamkorlikka chaqirib, ikkala tomon ham yangi loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro tayyor ekaniga ishontirdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston forumida chegarani 24 soatlik rejimga o‘tkazish taklif etildi
Uzbekistan i Afganistan aktiviziruyut potensial dvustoronnego vzaimodeystviya
“Forum yakunlari bo‘yicha kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasida qator savdo shartnomalari hamda logistika markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Afg‘oniston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Afg‘onistonning zargarlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, tog‘-kon sanoati, transport va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan 75 ta yirik kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida “B2B” va “G2B” muzokaralari tashkil etildi, unda tadbirkorlar yangi foydali aloqalar o‘rnatdilar hamda qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarining texnik jihatlarini muhokama qilishdi.
1 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

2 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

3 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

4 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

5 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

6 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

7 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

8 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

9 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

10 / 10

“Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston O‘zbekiston uchun beshinchi yirik eksport bozori hisoblanadi. Oxirgi besh yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim barobar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 443 tasi 100 foiz afg‘on kapitali ishtirokida. Oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.