O‘zbekiston va Afg‘oniston forumida chegarani 24 soatlik rejimga o‘tkazish taklif etildi

Laziz Kudratov O‘zbekiston va Afg‘oniston forumida chegarani 24 soatlik rejimga o‘tkazishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim baravar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tganO‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
V Tashkente sostoyalsya uzbeksko-afganskiy biznes-forum.
Respublikada afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona, jumladan, 443 tasi 100 foiz afg‘on kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini qayd etdi. Gap ikki davlatning tegishli idoralari va tarmoq birlashmalari ko‘magida o‘zaro tovar ayirboshlash turlarini kengaytirish, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish haqida bormoqda.
V Tashkente sostoyalsya uzbeksko-afganskiy biznes-forum.
“O‘zaro savdoni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari sifatida biz davlat chegarasining 24 soatlik rejimga o‘tishni, savdo uylarini tashkil etishni, shuningdek, yirik transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni taklif qilamiz”, — dedi vazir.
Bundan tashqari, u Termiz xalqaro savdo markazida yanada faol ish olib borish muhimligi, biznes uchun barcha sharoitlar, jumladan, 15 kunlik vizasiz rejim, soliqsiz zona maqomi, shuningdek, xarid qilish, davolanish, madaniy hordiq chiqarish va ta’lim olish uchun sharoitlar mavjudligini qayd etdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo zonalari faoliyatini faollashtiradi