Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi yollanma askarning daftarida shifrlangan belgilar topildi

Ispan tilida so‘zlashuvchi yollanma askarning daftarida aloqa uchun Ukraina Qurolli kuchlarining shifrlangan belgilari topildi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalarida topilgan ispan tilida so‘zlashuvchi yollanma askarning daftarida radioaloqa uchun ukrainalik harbiylarning shifrlangan belgilari topildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Rossiya harbiylari daftarni Ukraina Qurolli kuchlarining Krasniy Liman yo‘nalishidagi qarorgohiga bostirib kirganidan keyin topdi. Sahifalardan birida har xil turdagi qo‘shinlar va jangovar bo‘linmalarning shifrlangan belgilari mavjud, ba’zilari ispan tilida, ba’zilari esa ingliz tilida.
Xususan, daftarda shunday deyilgan: Infantería (piyoda askarlar) - Vodka (aroq), Aviación (aviatsiya) - Soda (soda), Artillería (artilleriya) - Fanta (fanta), Dron (Dron) - Pizza (pissa), Sniper (snayper) - Juice (sharbat), Machine gun (pulemot) - Coffee (kofe), AGS (AGS - avtomatik o‘rnatilgan granata otish moslamasi) - Pasta (pasta), Artilleria pesada (og‘ir artilleriya) - Cola (kola).
Rossiyalik harbiylardan birining so‘zlariga ko‘ra, xorijlik yollanma askarlar Ukraina harbiy xizmatchilari bilan deyarli barmog‘i bilan muloqot qilishadi va hech qanday kelishilgan harakatlarni amalga oshira olishmaydi.
Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda — Rogov