Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi — foto

O‘zbekiston yetakchisini bosh vazir Oljas Bektenov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi, deya xabar berdi Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati.
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidentini ayeeroportda bosh vazir Oljas Bektenov kutib oldi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ShHTga 2001-yildadan beri a’zo hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, o‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, joriy yilning 4 oyi davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,2 milliard dollarga yetdi. Respublikamizning Markaziy Osiyodagi umumiy savdo aylanmasining qariyb 57 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.
Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.
Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar, shuningdek, ShHTdagi hamkor va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu galgi sammit boshqalaridan tashkilotga yangi ishtirokchi – Belarus Respublikasi kelishi bilan ajralib turadi. Aleksandr Lukashenko tashkilotga a’zo bo‘lish istagini ikki yil avval ma’lum qilgan va Ostonadagi sammit Belarus uchun yangi maqomdagi birinchi sammit bo‘ladi.
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ostonadagi sammitda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, mavjud chaqiriq va tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob berish tashabbuslari ishlab chiqiladi.
Demak, 3-4 iyul kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolanadi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHT sammiti dunyoni yangi xavfsizlik paradigmasini qabul qilishga chaqiradi