TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. VIII “Osiyo bolalari” o‘yinlarining yosh sportchilari musobaqa doirasida “Osiyo bolalari” xalqaro qo‘mitasining ta’lim dasturida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi qo‘mita.
“Olimpga yo‘l” ta’lim loyihasi ishtirokchilarini “Osiyo bolalari” xalqaro qo‘mitasi prezidenti Vladimir Maksimov kutib oldi.
Startovala obrazovatelnaya programma "Put k Olimpu"
© yakutsk2024.org
“Sizning hozir ko‘rgan va eshitgan ishtirokingiz shuni ko‘rsatadiki, biz bunday dasturlarni ishlab chiqayotganimiz bejiz emas. O‘yinlarda o‘tkazgan vaqtingiz, shu jumladan, ta’lim dasturlarida qatnashishingiz siz uchun unutilmas bo‘lishini tilayman. Qayerda bo‘lsangiz ham, bugun olgan bilimingiz har qanday holatda ham hayotda sizga foydali bo‘ladi. Chunki hayotda ham xuddi shunday tamoyillar amal qiladi: halol bo‘lish, mehnat qilish”, — dedi u.
Ta’kidlanganidek, loyiha Olimpiya qadriyatlari, toza sport va sport psixologiyasini targ‘ib qilish, shuningdek, yosh sportchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
"Olimpga yo‘l" 30-iyundan 5-iyulgacha M.K. Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy Federal universitetining tabiiy fanlar fakultetlari binosida bo‘lib o‘tadi.
Startovala obrazovatelnaya programma "Put k Olimpu"
© yakutsk2024.org
"Olimpga yo‘l" loyihasi dasturi uchta modulni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, Olimpiya darsi bo‘lib, unda yosh sportchilar ma’ruza formatida Olimpiya harakati va o‘yinlari tarixi bilan tanishishadi, animatsion multfilm tomosha qilishadi va interaktiv testdan foydalanishadi.
Ikkinchi modulda Rossiyaning RUSADA antidoping agentligi mutaxassislari dopingga nisbatan nol tolerantlik madaniyati, antidoping qoidabuzarliklari turlari haqida gapirib beradilar va sport hayotidan real misollar keltirishadi. Ta’lim loyihasining uchinchi moduli doirasida RUSADA ma’ruzachilari sportchilarga stress, bosim, tanqid va raqobat tufayli yuzaga keladigan turli his-tuyg‘ularga dosh berishni o‘rgatadi.
Eslatib o‘tamiz, Yakutskda bo‘lib o‘tayotgan VIII “Osiyo bolalari” o‘yinlarida Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tailand, Ozarbayjon, Shimoliy Koreya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Suriya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini sportning 16 ta turi bo‘yicha 179 nafar sportchi himoya qilmoqda. Ularga 53 nafar murabbiy va jamoa yetakchilari hamrohlik qilmoqda. Ular jami 24 ta sport turi bo‘yicha 239 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.