Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuv yakunida 2026-2030 yillarda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha BMT bilan hamkorlikning hadli dasturini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Generalnim sekretarem Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrishem
Muzokaralar chog‘ida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Generalnim sekretarem Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrishem
Qayd etilishicha, O‘zbekiston BMT va uning institutlari bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Birgalikda global kun tartibiga oid yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, turizmni rivojlantirish, kambag‘allik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Kelgusi yilda Samarqandda YuNESKOning 43-bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Davlat rahbari Bosh kotibning xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, BMT va uning asosiy organlarini isloh qilish hamda joriy yilda Nyu-York shahrida Kelajak sammitini o‘tkazish tashabbuslarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mintaqada transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, oziq-ovqat, energetika va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
“Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afg‘on xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Uchrashuv yakunida 2026-2030 yillarda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha BMT bilan hamkorlikning hadli dasturini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ta’kidlanishicha, 140 ta qo‘shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarning o‘zida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 10 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Yil boshidan buyon BMT Bosh kotibining beshta o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘tgan oyda mamlakatimiz Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (ECOSOC) tarkibiga va Xalqaro mehnat tashkilotining Ma’muriy kengashiga saylandi. O‘zbekiston vakili birinchi marta BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi bo‘ldi. Toshkentda BMTning yana bir maxsus muassasasi – Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro jamg‘armaning vakolatxonasi ish boshladi.