Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Doneskdagi ikkita aholi punktini ozod qildi

Rossiya harbiylari DXRdagi Spornoe va Novoaleksandrovkani ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari DXRdagi Spornoe va Novoaleksandrovka aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Janubiy” qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Spornoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Spornoe Doneskdan 111 kilometr shimolda, LXR bilan chegarada joylashgan. Uning ozod etilishi Severskka hujumni rivojlantirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida Slavansk va Kramatorskka yo‘l ochadi.
Shuningdek, harbiy guruhlar taktik vaziyatni yaxshilashdi va DXRning Toresk, Kirovo, Mixaylovka, Novgorodskiy, Volchiy, Shevchenko, Sokol va Vishnevoy tumanlaridagi beshta Ukraina brigadalarining tuzilmalariga zarba berishdi.
“Kun davomida biz Ukraina Qurolli kuchlarining 24, 31, 41-mexanizatsiyalashgan va 68-qo‘riqchi brigadalarining hujum guruhlari tomonidan qilingan beshta qarshi hujumni qaytardik”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.