TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Eronda kecha bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida islohotchi Masud Pezeshkian yetakchilik qilmoqda. Konservativ nomzod Said Jaliliy undan biroz ortda qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novovsti mahalliy OAVlarga asosan.
“Ayni damda jami 14 million 70 ming 462 ovoz sanab chiqildi. Masud Pezeshkian 5 955 781 ovoz, Said Jaliliy 5 560 321 ovoz, Muhammad Bag‘ir G‘olibaf 1 891 381 ovoz, Mostafaham Pourmo 111 967 ovoz”, — deyiladi xabarda.
Prezident lavozimi uchun kurashda 4 kishi ishtirok etdi: Sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mostafa Purmuhammadi, Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf hamda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va parlament a’zosi Masud Pezeshkian.
Eron prezidenti mamlakatdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi yangi prezidentga bog‘liq bo‘ladi.

Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak. Agar hech kim shunchalik ko‘p ovoz ololmasa, bir haftadan so‘ng, 5-iyul kuni ikkinchi tur o‘tkaziladi va unda birinchisida eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod kurashadi.