TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda Jahon yoshlar festivali bir vaqtning o‘zida beshta shahar – Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm va Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etish uchun 92 ta davlatdan 700 nafardan ortiq yoshlar kelgan, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Masalan, Samarqandda gastronomik festival bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar shaharning eng sara oshpazlarining milliy taomlaridan tatib ko‘rishdi. Kamchatkalik mehmon aytishicha, u hayotidagi eng yaxshi palovni aynan shu yerda tatib ko‘rgan.
“O‘zbekistonga safar qilishdan oldin men bu yerda qilishni hohlagan narsalarning ro‘yxatini tuzdim. Bu juda mazali taom”, - deydi "Ekosistem" Umumrossiya yoshlar markazi dastur direktori o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashayotib.
Festivalning yana bir tadbiri - “Cheksiz imkoniyatlar sammiti”. Uning ishtirokchilari 100 nafarga yaqin yoshlardir. Ular o‘z mamlakatlarida odamlarning sog‘lig‘i, madaniy, etnik, intellektual va boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, ta’lim olish bo‘yicha ishlar qanday ketayotgani haqida gapirdilar.
Silk Road Samarkand turistik majmuasi hudadida isom dunyosi yoshlari bog‘i paydo bo‘ldi
© Sputnik
Masalan, O‘zbekistonda maktablarning kamida 51 foizi yaqin yillarda inklyuzivlikka erishishni rejalashtirgan. Mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari uchun ham shunday chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu festival ko‘p jihatlari, jumladan, “Ipak yo‘li Samarqand” sayyohlik majmuasi hududida islom dunyosi yoshlari uchun bog‘ paydo bo‘lishi bilan yodda qoladi. Ko‘chat ekishda 30 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi va har biri bittadan manzarali daraxt ekdi.
Festival doirasida o‘tkazilgan Yosh diplomatlar sammitida zamonaviy siyosatdagi tendensiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, "Qayerda?" intellektual o‘yini o‘ynaldi.
“Muammolarning aksariyati atrof-muhit bilan bog‘liq edi”, - dedi samarqandlik talaba Bogdan Shilov Sputnik muxbiriga.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan ta’lim forumida Rossiyaning 10 taga yaqin oliy o‘quv yurtlari ishtirok etdi. Tadbirda butun dunyodan 320 nafardan ortiq vazirlik vakillari qatnashdi.
Ishtirokchilar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilib, dolzarb muammolarga yechim izladilar. Buyuk Potr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetining o‘quv faoliyati bo‘yicha prorektori Lyudmila Pankova Rossiya Federatsiyasida muhandislik ta’limining rivojlanishi haqida gapirdi.
“Biz yangi milliy tizimni qurish davridamiz, bu barcha mamlakatlar uchun ochiq va o‘zaro hamkorlik qilishga tayyormiz, - dedi u.
O‘z navbatida, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti qoshidagi MDH mamlakatlari bilan ishlash markazi rahbari Valeriya Budko yadro fanida sun’iy intellektdan foydalanish haqida gapirdi, shuningdek, O‘zbekistonning iqtidorli yoshlariga qiziqish borligini ta’kidladi.
MDH yosh parlamentariylari delegatsiyasi O‘zbekiston deputatlari bilan uchrashdi
© Parlamentskiy informatsionniy sentr Zakonadatelnoy palati Oliy Majlisa RUz
“Mamlakatingizda bizning filialimiz – Milliy yadro universitetining Toshkent filiali bor. Uning talabalari festivalda ko‘ngillilar sifatida ishtirok etmoqda. Biz O‘zbekiston va butun MDH yoshlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatmoqchimiz”, — dedi Valeriya Budko.
Ayni paytda Toshkentda Jahon yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan MDH davlatlari yoshlari o‘rtasida shaxmat turnirda 35 nafar shaxmatchi, jumladan, 15 nafar xorijlik ishtirok etishdi.
Yoshlar va iqlim o‘zgarishi masalalari muhokama qilindi – Toshkentda ushbu mavzuga bag‘ishlangan Jahon yoshlar festivali doirasida BMT konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda turli mamlakatlar va tashkilotlarning 120 nafar vakili, jumladan, OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida Butunrossiya ijtimoiy harakati vakili Nikita Suvorov ham bor.
Dunyodagi og‘ir vaziyat tufayli yoshlar siyosati va yoshlar bilan ilmiy asoslangan ishning o‘rni ko‘p marta ortib bormoqda. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasining Siyosiy, gumanitar va ijtimoiy sohalarda hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Xalmurat Rashidov “MDH mamlakatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ilmiy tadqiqotlarning o‘rni” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida so‘zladi”
MDH yosh parlamentariylari delegatsiyasi O‘zbekiston deputatlari bilan uchrashdi
© Parlamentskiy informatsionniy sentr Zakonadatelnoy palati Oliy Majlisa RUz
Yoshlar festivali tadbirlari qatorida O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida milliy liboslar namoyishi ham bo‘ldi. U yerda 200 nafardan ortiq yosh dizaynerlar o‘z ishlarini namoyish etdilar. Mehmonlarga adras, atlas va paxta matolardan tikilgan liboslar kolleksiyasi taqdim etildi. Ular an’anaviy elementlarni va zamonaviy moda tendensiyalarini birlashtiradi.
Jahon yoshlar festivali O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. Uning ochilish marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tdi. “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik markazi amfiteatrida rang-barang shou-dastur namoyish etildi. Marosimda 92 ta davlat bayroqlari ko‘tarildi. Festivalda 30-iyungacha davom etadi.