Bugun havo biroz bulutli bo‘ladi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumki.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 34-39°, janubda bazi joylarda 41° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.