TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Hidoya” ekstremizmga qarshi kurashish markazi raisi doktor Ali Roshid Al-Nuaimiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent islom instituti faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Tashrif davomida mehmonlarga institut tarixi haqida batafsil ma’lumot berilib, bugungi o‘quv jarayonlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar Qur’oni karim va tajvid o‘quv kursi dars jarayonlarini diqqat bilan kuzatishdi.
BAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
© DUM Uzbekistana
Shuningdek, mehmonlar Fatvo markazi faoliyati bilan tanishib, markaz mutaxassislari bilan muloqot qildilar. Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar.
Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov hamrohlik qildi.
BAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
© Upravlenie musulman Uzbekistana