TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Rossiya harbiylari Nikolayev viloyatida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) va "Kraken" neonatsist tuzilmasi jangarilari joylashgan hududga zarba berdi, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga mahalliy yashirin qarshilik guruhi rahbari Sergey Lebedev.
"Ertalab soat uch yarimda Galitsinovo qishlog‘i yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari va "Kraken" neonatsistlar to‘dasi joylashgan hududda kamida yetti marotaba zarba berildi. Shundan so‘ng taxminan 25 daqiqa davomida qattik portlash tovushlari va katta alanga ko‘tarildi”, — dedi u.
Koordinatorning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida tez yordam mashinalari va tibbiyot xodimlari komendantlik soati paytida harbiy xizmatchilar hamrohligida Galitsinovo tomon jo‘nab ketgan.
Ukraina armiyasining fuqarolik obyektlarga hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda UQK shaxsiy tarkibi, texnika va yollanma askarlari joylashgan joylariga hamda infratuzilmasiga: energetika obyektlariga, mudofaa sanoati, harbiy ma’muriyat va Ukraina kommunikatsiyalariga aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida hujumlar uyushtirmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning ijtimoiy muassasalariga hujum qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.