TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga mukofotlarni topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi molodeji
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sizlar mana shunday natijalaringiz bilan yangi tarix yaratapsizlar. Ishonchim komil, xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlar bilan birga, bu natijalar Yangi O‘zbekiston tarixiga, Uchinchi Renessans tarixiga aylanadi.<...> Bugungi yutuqlaringiz – uzoq yo‘lning boshlanishi. Davlat sharoit yaratishi, kimdur yordam berishi mumkin. Lekin kelajagingiz faqat o‘z qo‘lingizda. Bu yo‘lda barcha yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, orzu-intilishlarida muvaffaqiyatlar tilayman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi O‘zbekiston yoshlarining yutuqlari katta. Xususan, o‘tgan o‘quv yilida 55 nafar maktab o‘quvchilari matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 15 ta kumush, 32 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Shavkat Mirziyoyev vruchil nagradi molodeji
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sport sohasida oxirgi 2-yilda o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda 900 tadan ziyod oltin, 550 dan ortiq kumush, 731 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
"Kelajak bunyodkori" medali hamda "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati.