Parranda go‘shtiga oid cheklovlar bekor qilinadi

Ushbu yilning 1-iyulidan parranda go‘shti eksportiga 1-oktabrdan importiga bo‘lgan cheklovlar olib tashlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Bku haqida 27-iyun kuni imzolangan “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq, kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.
2024 yil 1-iyuldan parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.
2024 yil 1-oktabrdan yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go‘sht, qanot, bel, bo‘yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O‘zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo‘yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.
2030 yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
Parranda go‘shti eksportiga ruxsat beriladi: O‘zbekistonda chorvachilik qanday o‘zgaradi?