TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Energetika nuqtayi nazaridan O‘zbekiston yondashuvi eng maqbul – dedi Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda rossiyalik ekspert "Geoenergetika.info" jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich.
"O‘zbekistonda insolyatsiya sifati va miqdorini inobatga olgan holda, quyosh panellari optimal ekanligi aniq, lekin ayni paytda ob-havoga bog‘liq bo‘lmagan gaz elektr stansiyalari loyihalashtirilib, qurilmoqda. Atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida qat’iy qaror qabul qilindi, katta hajmdagi loyihaviy, gidroelektrostansiya va saqlovchi elektr stansiyalari qurilmoqda. Ya’ni biz bir turdagi generatsiyaning umumiy ustunligini ko‘rmayapmiz. Hamma narsa bir vaqtning o‘zida rivojlanmoqda va bu, menimcha, eng maqbul yondashuv. Agar boshqa davlatlar buni qanday qilib to‘g‘ri qilish haqida o‘ylasa, menimcha, yaxshi bo‘lar edi", - dedi Marsinkevich.
Shuningdek, ekspert O‘zbekistonning "Rusgidro" bilan rejalashtirilayotgan loyihalari hamda Qozog‘istonda AES qurilishi masalasida ham to‘xtalib o‘tdi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.