Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

AQSh Rossiya bilan urush haqida ochiq bayonot berdi

Makgregor: AQSh Rossiya bilan o‘zini urushga kirishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. AQSh o‘zini Rossiya bilan urushga kirishishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor "De Nieuwe Wereld" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Aqli joyida hech kim G‘arbning hech kim bilan urush boshlashidan manfaatdor bo‘lmasligi kerak. Bunga hech qanday sabab yo‘q", — deydi u.
Makgregorning qayd etishicha, jahondagi voqealar rivoji alohida tashvish uyg‘otadi.
"Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, men aynan shu narsadan qo‘rqaman: biz ruslar bilan ziddiyatga tushib qolamiz, bizda hech qanday sharoitda jang qilish uchun hech qanday sabab yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi polkovnik.
Moskva Shimoliy Atlantika ittifoqining hech bir davlatiga tahdid solmasligini, biroq uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u muloqot uchun ochiq, lekin teng asosda, G‘arb esa Yevropani harbiylashtirish yo‘lidan voz kechishi kerak.