TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari frontning Xarkov sektoriga qarshi hujumlarga o‘xshash harkatlar qilmoqda. Bu haqda harbiy ekspert, iste’fodagi LXR podpolkovnigi Andrey Marochkoga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Glubokoe, Lipsi, Volchansk va Tixoe aholi punktlari hududlarida ukrainalik jangarilar hujumkor harakatlarga taqlid qilgan bir necha holatlar qayd etilgan. Bu taktika, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, biror harbiy maqsad yoki bizning bo‘linmalarni chalg‘itish uchun emas, balki statistik xarakterga ega”, — dedi u.
Marochkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘mondonligi ahamiyatsiz kuchlardan foydalangan holda keng ko‘lamli jangovar ish ko‘rinishini yaratadi va yuqori rahbariyat tomonidan belgilangan haqiqiy jangovar topshiriqlarni bajarmaydi.
Ayni paytda Kiyev rasmiylari hatto bunday aldovdan ham o‘z manfaati uchun foydalanishga harakat qilmoqda.
"Qog‘oz" hujumlari sonining ko‘payishini G‘arb kuratorlari uchun ijobiy tendensiya sifatida ko‘rsatish mumkin, dedi harbiy ekspert.