TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlarga mehnat migrantlarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bir qator amaldagi meyoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston ombudsmani Jamilya Jamanboyevaga tayanib xabar berdi.
“Migrantlar huquqlarini tahlil qilish ular duch keladigan asosiy qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan biz ularning ahvolini yaxshilashga yordam beradigan bir qator tavsiyalar ishlab chiqdik”, — dedi u Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH Inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishida.
Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning vakolatli organlariga chet el fuqarolarining, shu jumladan, YeOIIga a’zo davlatlardan Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini ko‘rib chiqish taklif etiladi.
Jamanboyevaga ko‘ra, taqiqning sabablari ba’zan migrantlar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini mayda buzganliklari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, uning fikricha, migrantlarning nafaqat qabul qiluvchi mamlakatda, balki ularning oila a’zolariga ham bepul tibbiy yordam ko‘rsatish kerak.
Pensiya to‘lovlari masalasini ham hal qilish kerak, chunki ko‘plab Qirg‘iziston fuqarolari (fuqarolarning 11% dan ortig‘i) mamlakatdan tashqarida (asosan YeOII mamlakatlarida) ishlashadi va ish joyida sug‘urta mukofotlarini to‘lashadi, bu Qirg‘iziston tomoni uchun katta muammo.
Qirg‘iziston ombudsmani avval erishilgan ikki tomonlama va xalqaro kelishuvlarga muvofiq, “haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va ularni imtihonsiz almashtirish qoidalari” bo‘yicha ishlarni faollashtirishni taklif qildi.
“Bundan tashqari, biz migrantlarga mezbon davlat qonunchiligining o‘ziga xos jihatlari, jumladan, zamonaviy texnologiyalar yordamida ma’lumotlarni kengaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, — deya xulosa qildi Jamanboyeva.