O‘zbekistonda chiqindilarni saralab topshirish orqali pul ishlash mumkin — video

Chiqindilarni olib chiquvchi kompaniyalardan biri shunday rag‘batlantiruvchi aksiyani joriy qildi.
Sputnik
Angren shahridagi Nurchi mahallasida birinchi zamonaviy chiqindi yig‘ish stansiyasi paydo bo‘ldi. Bu yerda uch turdagi chiqindilar saralanadi: qayta ishlanadigan, oziq-ovqat va qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar.
Bir paket chiqindi uchun 500 dan 1500 so‘mgacha olish mumkin. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday stansiyalar respublikaning barcha hududlarida paydo bo‘ladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.