TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Turkiyaning BRIKSga qiziqishi AQSh Rossiyani emas, balki o‘zini yakkalaganini anglatadi. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Amerikaning Rossiyani yakkalab qo‘yishga bo‘lgan behuda urinishi Moskvani emas, balki Vashingtonni izolyatsiya qilishga olib keldi. <...> Global Janubning rivojlanayotgan mamlakatlari <...> sanksiyalar to‘dasida ishtirok etish o‘rniga Moskva va Pekin bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda. NATOdagi sobiq ittifoqdoshimiz bo‘lgan Turkiya endi BRIKSga qo‘shilish ehtimoli bor”, — dedi u.
Makgregor Vashington elitasini zudlik bilan uyg‘onishga va Qo‘shma Shtatlarning xalqaro izolyatsiyasiga e’tibor berishga chaqirdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri mamlakatning BRIKSga a’zo bo‘lish niyati haqida avvalroq ma’lum qilgan edi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Novgorodda bo‘lib o‘tgan BRIKS+ yig‘ilishida ishtirok etdi va keyin Anqara tashkilotning muhimligini ko‘rishini ta’kidladi.
Turkiyalik tashqi siyosat bo‘yicha ekspert Gokxun Gochmenning RIA Novostiga aytishicha, BRIKSga qiziqish ko‘p qutbli dunyoda Turkiya uchun foydali va ittifoqning o‘zi uchun Turkiya kabi davlat bilan aloqalar bebaho manfaatlarga ega.