Matbuot markazi

Markaziy Osiyoda atom energetikasi qanday rivojlanadi — video

Videoko‘prik davomida ekspertlar Markaziy Osiyo hududida AES qurilishiga oid savollarga javob berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston mediamarkazida Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlanishga bag‘ishlangan videoko‘prik bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ostona, Moskva va Toshkentdan soha ekspertlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar:
Ostonadan: "Qozog‘iston atom elektr stansiyalari" OAJ bosh direktori Timur Jantikin, Qozog‘iston Energetika vazirligi Jamoatchilik kengashining Energetika va atom sanoati bo‘yicha qo‘mitasi raisi Erkebulan Kojmambet.
Moskvadan: "Geoenergetika.info" jurnalining bosh muharriri Boris Marsinkevich.
Toshkentdan: “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti katta o‘qituvchisi Qosim To‘xtoxunov.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida elektr energiyasi tanqisligi yaqqol ko‘zga tashlanib qolgani tufayli O‘zbekistonda ham Qozog‘istonda ham bir necha yildan beri AES qurish masalasida jiddiy muhokamalar ketmoqda. Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha qaror umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.
O‘zbekistonda quvvati 2,4 GVt bo‘lgan yirik AES qurilishi bir necha yildan buyon muhokama qilib kelinayotgan edi, lekin Rossiya prezidentining so‘nggi tashrifidan so‘ng quvvati 330 MVt bo‘lgan kam quvvatli AES qurishga qaror qabul qildi.