O‘zbekiston va Rossiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

Rossiyada "Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar" mavzusida Rossiya-O‘zbekiston to‘rtinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Vladivostokda IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida ikki davlat universitetlari orasida hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolandi, deya xabar berdi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Uzoq Sharq Federal universiteti bazasida 24-25 iyun kunlari “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Rossiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, tegishli idoralar xodimlari, Rossiya ta’lim akademiyasi va boshqa ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan amaliy ish olib borar ekanmiz, biz qo‘shma dastur va loyihalar, birinchi navbatda, ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilish va ilmiy-texnikaviy rivojlanishning davlat ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, Rossiya va O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi lozimligidan kelib chiqamiz” — dedi Rossiya Ta’lim va fan vazirligi rahbari o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy.
Forum dasturi yalpi majlis va 6 ta parallel tematik sessiyani o‘z ichiga oladi. Unda kadrlar tayyorlash, ta’lim va tibbiyot sohasida eng yangi texnologiyalardan foydalanish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish, ta’limni boshqarish sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
“Tadbir doirasida Rossiya va O‘zbekiston tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzildi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar hujjatlar imzolashdi:
Uzoq Sharq federal universiteti va Buxoro davlat universiteti;
Rossiya Ta’lim akademiyasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
D.I Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti va O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va boshqalar.
Forum doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Fan va ta’lim bo‘yicha quyi qo‘mitasining 6-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar qo‘shma ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish, O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikning bir qator boshqa dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallari ochilishi ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi – 63 mingdan ortiq, shulardan 14 mingga yaqini bepul ta’lim olmoqda. Hozir O‘zbekistonda jami 14 ta Rossiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.
"Bu katta yutuq" — Falkov O‘zbekistondagi Rossiya OTMlarini yuqori baholadi