Rossiya TIV Shimoliy Koreya bilan tuzilgan shartnomani "ogohlantirish" deb atadi

Andrey Rudenko: bu shartnoma Janubiy Koreyaga yoki uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma Janubiy Koreya yoki uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan, biroq ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
Rossiya va Pxenyan butun dunyoga yolg‘iz emasliklarini ko‘rsatdi — OAV

“(Bu – Tahr.) Shartnoma yarim orol va butun mintaqa muammolarini harbiy yo‘l bilan hal qilishni kutayotgan yoki rejalashtirayotgan davlatlar uchun o‘ziga xos ogohlantirishdir”, — dedi Rudenko.

Uning ta’kidlashicha, bu shartnoma "Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi shundoq qiyin vaziyatga putur yetkazishni maqsad qilmagan".
Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchilari muzokaralar o‘tkazdi — tafsilotlar
Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, subregiondagi keskinlikning asosiy manbai Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosati bo‘lib, ular Koreya yarim orolidagi keskinlikdan foydalanib, mintaqada doimiy ravishda harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda.

“Ushbu siyosatning asosiy maqsadi nafaqat KXDR, balki Xitoy va Rossiyani jilovlashdir. Va bu ikki tomonlama to‘xtatib turishning bir qismi sifatida amerikaliklar o‘zlari qo‘zg‘atayotgan hozirgi keskinlikdan foydalanib, o‘z bazalari va raketa tizimlarini ittifoqchilari hududiga joylashtirishmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.

"Bu allaqachon sodir bo‘lmoqda". Putin Rossiya va KXDR dushmanlariga qanday javob qaytardi