Rossiya IIV boshlig‘i Vladimir Kolokolsev O‘zbekistonga keldi

Vladimir Kolokolsevni Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokolsev O‘zbekistonga keldi, deya xabar berdi Rossiya IIV matbuot xizmati.
Vladimir Kolokolsevni Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi.
Vladimir Kolokolsev pribil v Tashkent

“Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri, Rossiya Federatsiyasi politsiyasi generali Vladimir Kolokolsev O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahriga keldi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tashrif davomida Rossiya vaziri bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Kolokolsev O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasining Muvofiqlashtirish va monitoring markazi hamda G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi.