TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Urumchi shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan ikki tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiritilgan uchta istiqbolli infratuzilma loyihasini atroflicha muhokama qilishdi.
Urumchida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Yig‘ilishda Qambarota-1 GES va Chotqol darosida GES qurish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ikki davlat hukumat rahbarlari Talas-Chotqol-Toshkent avtomobil yo‘li qurilishi loyihasini ham muhokama qildi", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanganidek, ayni paytda mazkur loyiha bo‘yicha “Yo‘l xaritasi va loyihani amalga oshirish o‘zaro savdo hajmi va ikki davlatning sayyohlik salohiyatini ko‘tarish imkonini beradi”.
Bundan tashqari, ikki davlat hukumat rahbarlari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berishga qaratilgan konveyr va ko‘mir logistika markazini qurish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirishni muhokama qilishdi.
Tomonlar yuqoridagi infratuzilma loyihalarini ilgari surish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik strategik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov Urumchida EKSPO “Xitoy-Yevroosiyo” sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Ko‘rgazma 26-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bugun bosh vazir tashrifni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuvdan boshladi.