TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
“Yetakchilar Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar”, — deyiladi xabarda.
Davlat tashrifi davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
1.
Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dastur;2.
Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;3.
Havo aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;4.
Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;5.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;6.
Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;7.
Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;8.
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;9.
Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;10.
Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;11.
Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;12.
Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bayonnoma;13.
Toshkent va Ulan-Bator shaharlari ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ishtirokidagi muzokara.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Marosimdan oldin O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ishtirokida muzokara o‘tkazildi. Unda qayd etilishicha, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini, eng avvalo, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish hisobiga 5-10 barobarga oshirish uchun salohiyat mavjud.
“Shu maqsadda hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish, Ulan-Bator va Toshkentda rasmiy savdo uylarini ochish, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorlash hamda bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ikki davlat poytaxtlarida o‘zaro sanoat ko‘rgazmalari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ishtirokidagi muzokara.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston rahbari o‘rta muddatli Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Hamkorlikning bir qator yo‘nalishlari aniqlab olindi. Bu, avvalo, geologik qidiruv, xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shu jumladan, bu sohada kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va turdosh tarmoqlarda kompleks hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Qoraqalpog‘iston, Namangan va boshqa viloyatlarda yirik chorvachilik komplekslarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejalar bor.
Mo‘g‘ulistondan go‘sht va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni import qilish, shuningdek, O‘zbekistondan tovuq go‘shti, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
"Halol" standartlariga muvofiq go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etish va mintaqadagi mamlakatlarga eksport qilish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, teri va junni chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha loyihalar taklif etildi. Bu yo‘nalishlarda, shu jumladan, chorvachilik sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish lozimligi ta’kidlandi.
Bugun O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilari ikki mamlakat biznes doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ular tomonidan yangi loyiha takliflari tayyorlangan. Toshkentda ilg‘or texnologik yechimlar asosida zamonaviy diagnostika markazini ochish, yengil sanoat, raqamlashtirish, farmatsevtika sohasidagi loyihalar shular jumlasidan.
"Yangidan tuzilayotgan Ishbilarmonlar kengashining faoliyati va qo‘shma biznes forumlari muntazam o‘tkazilishi bu boradagi rejalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va soliqqa tortish prinsiplari to‘g‘risidagi asosiy bitimlar qabul qilinadi", — deya qayd etilgan xabarda.
Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash maqsadida tashrif davomida havo va avtomobil transportida tashishlar to‘g‘risida muhim bitimlar qabul qilinadi. Ikki poytaxt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rganiladi.
Shuningdek, eng samarali va qisqa, shu jumladan, Qirg‘iziston va Xitoy orqali o‘tadigan transport yo‘laklarini birgalikda tahlil qilish taklif qilindi.
Iqtisodiy kun tartibidagi barcha masalalarni samarali ilgari surish uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasidagi Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Eng nufuzli universitetlar o‘rtasida akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, grantlar asosida iqtidorli mo‘g‘ulistonlik talabalarni O‘zbekistonda o‘qitishni qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ertaga Toshkentda mashhur "Morin Xuur" mo‘g‘ul orkestri ishtirokida san’at ustalarining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tadi.
Ikki mamlakat xalqlarini yaqinlashtirish maqsadida Gumanitar hamkorlik dasturini tayyorlash va kelgusi yilda Toshkent va Ulan-Batorda madaniyat kunlarini o‘tkazish taklif qilindi.
Mamlakatlar o‘rtasida mavjud vizasiz tartibni inobatga olgan holda, qo‘shma dasturlar va mahsulotlar asosida turizm almashinuvlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ishtirokidagi muzokara.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari prezident Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muloqotni davom ettirish uchun Mo‘g‘ulistonga javob tashrifi bilan kelish taklifini qabul qildi.