Rossiya O‘zbekiston bilan kvant texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashadi

O‘zbekistonga Rossiya kvant markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiyaning ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan kvant texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish niyatida. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun respublikaga tashrif buyurgan Rossiya kvant markazi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan kvant hisoblash sohasida hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini, respublikadagi ish formati va bunday texnologiyalardan foydalanishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p bilim talab qiladigan tarmoqlar haqida fikr almashishdi.
Rossiya kvant markazi – qisqa vaqt ichida o‘zining ilmiy tadqiqotlari sohasida hamda kvant texnologiyalariga asoslangan yuqori texnologiyali tijorat mahsulotlarini ishlab chiqishda yetakchi o‘rinni egallagan Rossiya Federatsiyasi uchun noyob formatdagi notijorat ilmiy-texnologik markaz.